Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi avlod Windows» qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

«Yangi avlod Windows» qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Microsoft»

«Microsoft» kompaniyasi iyun oyi oxirida taqdimot o‘tkazib, «Yangi avlod Windows»ni tanishtiradi. Kompaniya rahbari Satya Nadella bo‘lg‘usi apdeytni «Windows uchun so‘nggi o‘n yillikdagi eng ahamiyatli yangilanish», deya izohlagan.

Matbuot-anjumani payshanba, 24-iyunga belgilangan. Unda Nadella bilan birgalikda «Microsoft»ning mahsulotlar bo‘yicha direktori Panos Panay qatnashadi.

Ushbu tadbirdan onlayn-translyasiyani kompaniya rasmiy sayti orqali Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan boshlab tomosha qilish mumkin.

«Microsoft» o‘z amaliy tizimini jadallik bilan zamonaviylashtiryapti. Oxirgi oylarda «Provodnik» ishlashi barqarorlashtirilib, Windows 95 davridan qolgan ikonkalardan voz kechildi, Bluetooth-audioni qo‘llash yaxshilanib, ilgari Xbox o‘yin konsollari eksklyuzivi sanalgan Auto HDR texnologiyasi tatbiq etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring