Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yopilayotgan 100 yillik jurnal, YoIga murojaat, benzin narxi, «Sevgi iztirobi», dollar kursi, havodagi darvesh va boshqa xabarlar

Yopilayotgan 100 yillik jurnal, YoIga murojaat, benzin narxi, «Sevgi iztirobi», dollar kursi, havodagi darvesh va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 19-fevral kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Isfahon viloyatida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy va Eron xalqiga, marhumlarning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

AKT sohasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha Prezident farmoni (video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Jamiyat

O‘zbekistonda deyarli yuz yillik jurnal yopiladi

«O‘zbekistonda «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» («Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana») jurnali yopiladi». Shu paytgacha bir necha nomlarda chop etib kelingan jurnalning ilk soni 1919-yilda dunyo yuzini ko‘rgan.

Angliyada 10 yoshli o‘zbek qizi saratonga qarshi aksiya boshladi (video)

10 yoshli qiz Hafiza Nuriddinova
Kadr: «Youtube»

Buyuk Britaniyada o‘zbekistonlik 10 yoshli qiz Hafiza Nuriddinova O‘zbekiston va Angliyada saratonga chalingan bolalarga yordam berish maqsadida xayriya aksiyasini boshladi.

Yoshlar ittifoqiga murojaat! Yoshlar nashrlarini qachongacha kirill alifbosida o‘qiymiz?

Qanday jarangdor nom. Yoshlarga umid, ishonch berishga intilayotgan va buni qaysidir ma’noda uddalayotgan tashkilot nomi bu. Hozir qayerga qarama, ushbu ittifoqning qilayotgan ishlariga ko‘zing tushadi. Bu, albatta, biz yoshlarni xursand qilmoqda. Ortimizda shunday suyanchiq borligini his etayapmiz. Lekin bugun ushbu ittifoqning bir kamchiligi haqida gapirmoqchiman.

O‘zbekistonliklarni qullikda ushlab turgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jinoyatchilar 2016-yili o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik 16 nafar fuqaroni, ularning pasportini olib qo‘ygan holda, to‘qimachilik fabrikasida majburlab ishlatishgan.

Kosonsoyda mas’uliyatsiz tibbiyot rahbarlari ishdan olindi

Namangan viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida viloyatning Kosonsoy tumanida o‘z vazifasiga yuzaki yondashib, bugunning talabi va aholi ehtiyojlarini his qilmay ishlayotgan tibbiyot xodimlari ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Iqtisodiyot

Dollar narxi tushdi

Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan -5,60 so‘mga tushdi va 8182,73 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 101,13 so‘mga oshib, 10158,86 so‘mga yetgan. 1 Rossiya rubli 4,14 so‘mga qimmatlab, 145,10 so‘mni tashkil etdi.

«Avtosanoat» hisoboti: avtomobillar ishlab chiqarish 60 foizga ortgan

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil boshidan O‘zbekiston avtomobil sanoatida jadal o‘sish sur’atlari kuzatilgan. Xususan, yanvar oyida 12,7 ming dona avtoulov konveyerdan chiqarilgan va bu 2017-yilning dastlabki oyiga nisbatan 60 foiz ko‘pdir.

Nega mevalarimiz mazali bo‘lsa-da, eksporti sust?

Nega neft narxi tushsa-da, O‘zbekistonda benzin narxi oshmoqda?

Madaniyat

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi (video)

«O‘zbekiston 24» telekanali hamda Prezident matbuot xizmatining «Facebook»dagi rasmiy sahifasi orqali ushbu buyuk shaxs hayoti, ilmiy yo‘liga bag‘ishlangan hujjatli film efirga uzatildi.

Sherali Jo‘rayev: «Navro‘z» bayramida xalqimizga yangi dasturlar taqdim etamiz

«ZO‘R-TV» bosh muharriri «Sevgi iztirobi» seriali namoyishidan ko‘zlangan maqsadni aytdi

Texnologiya

«Svart» — Norvegiyada quriladigan dunyodagi ilk energiya tejovchi halqasimon mehmonxona

Norvegiyaning «Snøhetta» arxitektura firmasi Svartisen muzligi yaqinida joylashgan ko‘lda halqa shaklida mehmonxona qurishini ma’lum qildi.

Inson tanasiga joylashtirish mumkin bo‘lgan displey ixtiro qilindi

Tokio universiteti xodimlari inson terisiga oson yopishtirish mumkin bo‘lgan ultra yupqa displeyni yaratdi. U 16x24 qiymatdagi svetodiodlardan va maxsus cho‘ziluvchan o‘tkazuvchilardan tashkil topgan.

Sport

«Real»da Zidanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxati e’lon qilindi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiy Zinedin Zidanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxati ma’lum bo‘lgan.

Elnur Abduraimov professional boksga o‘tmoqda

«Uzbek Tigers» jamoasi a’zosi Elnur Abduraimov Amerikaga yo‘l olmoqda. Boisi iste’dodli bokschimiz professional bokschi sifatida faoliyatini davom ettirmoqchi.

Temur Kapadze terma jamoaga Server Jeparov va Azizbek Haydarovni nega chaqirmaganini aytdi

Kapazde kengaytirilgan tarkibda nima uchun Server Jeparov va Azizbek Haydarovga joy tegmagani haqida ma’lum qildi.

«Lokomotiv» Eronda mag‘lub bo‘ldi (video)

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan «Zob Ahan» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dunyo

Maktab o‘quvchilari Floridada norozilik namoyishi o‘tkazishdi

Amerikaning Florida shtati Parklend shahridagi «Marjory Stoneman Douglas High School» maktabida otishmada halok bo‘lgan 17 kishining yaqinlari, Floridadagi minglab odamlar AQShda qurollarni nazorat qilishni talab etib, norozilik namoyishi o‘tkazishdi.

Polshada fashizmga qarshi kurashish uchun alohida organ tashkil etiladi

Polsha hukumati tomonidan fashizm va boshqa totalitar mafkuralar namoyishiga qarshi kurashish uchun idoralararo guruh tuziladi.


Tavsiya qilamiz

Mehnat daftarchasini fuqaro sotib olishi kerakmi?

Tasanno! «Muallaq turuvchi darvesh» sirini ochdik!

Qaysi tibbiy xizmatlar bepul, qaysilari pullik?

Xorijga chiqish uchun ruxsatnoma stikerini ko‘rib chiqish muddati qancha?

O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori qancha?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring