Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arisdagi portlashlarda halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

Arisdagi portlashlarda halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

Foto: «Google.com»

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan Aris shahridagi portlashlar natijasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni ma’lum qilindi.

Ayni vaqtda kasalxonalarda 50 bemor qolmoqda. To‘rt nafar og‘ir yaralanganlar Nur-Sulton va Olma-Ota shaharlariga yuborilgan.

Umumiy hisobda 409 nafar inson portlashlardan jabr ko‘rib, tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Ulardan 329 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, 80 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyunda Aris shahri yaqinida joylashgan qurol-yarog‘ omborida yong‘in kelib chiqqan va o‘q-dorilar portlay boshlagan edi. Portlashlar natijasida 3 kishi halok bo‘lgan. Shahar aholisi esa evakuatsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring