Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abramovich Rossiyadagi eng qimmat xususiy samolyotni sotib oldi

Abramovich Rossiyadagi eng qimmat xususiy samolyotni sotib oldi

Foto: «Getty Images»

Milliarder Roman Abramovich «Boeing 787-8 Dreamliner» samolyotini sotib oldi. Rossiyadagi eng qimmat xususiy samolyotning taxminiy narxi — 350 million dollar.

Samolyotni buyurtmachining talabi asosida jihozlash 2019-yilda boshlangan. «Flightradar» ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot kecha, 18-dekabr sanasida Bazel (Shveysariya)dan Moskvaga uchib kelgan.

Illyustrativ foto

Yo‘lovchi tashuvchi «Boeing 787-8 Dreamliner» samolyotlari 250–330 odamni o‘z bag‘riga oladi.

Abramovichning yangi layneri esa, «Forbes» manbalarga asoslanib yozishicha, 50 yo‘lovchiga mo‘ljallangan (mehmonlar, qo‘riqchilar, xizmatkorlar shuning ichida). Ulkan samolyotlardan xususiy biznes-jet sifatida kamdan-kam foydalaniladi. Dunyo aviakompaniyalarida bu kabi samolyotlar jami 250 tani tashkil etadi.

Abramovich Portugaliya fuqaroligini olgani haqida ham xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring