Afg‘onistonda «Tolibon» hujumi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Lohar viloyatidagi politsiya markaziga uyushtirilgan bombali hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, shundan 6 nafari politsiya xodimidir. Sakkiz kishi yaralandi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Lohar ichki ishlar boshqarmasi mutasaddisi Shohpur Ahmadzayning aytishicha, bomba yuklangan mashina Pul Olam shahridagi politsiya markaziga bostirib kirishi asnosida portlab ketgan. Uch kishi ichkariga kirib o‘t ochgan.
Qurolli to‘qnashuvda hujum qilganlar yo‘q qilingan.
«Tolibon» jangarilari qo‘poruvchilik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter