Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda xorijiy valyutalarni ishlatish taqiqlandi

Afg‘onistonda xorijiy valyutalarni ishlatish taqiqlandi

Foto: «Novaya gazeta»

Afg‘onistonda hukumatni egallagan «Tolibon» harakati mamlakat ichkarisidagi savdo-sotiq ishlarida xorij valyutasidan foydalanishni taqiqladi.

«Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va milliy manfaatlar barcha afg‘onlar istalgan tranzaksiyada faqat afg‘oniy (milliy valyuta — tahr.)ni ishlatishlarini talab etadi», — deya ushbu qarorni izohladi  «Tolibon» harakati vakili Zabihullo Mujohid.

Afg‘oniston hukumati tegishli farmonni imzolagan. Rioya etmaganlar javobgarlikka tortilishi ma’lum qilingan.

Afg‘oniston OAV xabarlariga ko‘ra, Markaziy bank pul o‘tkazmalarini faqat milliy valyutada o‘tkazishga ruxsat bergan, chunki mamlakatda AQSh dollari taqchilligi yuzaga kelgan.

«Tolibon» harakati Kobulni o‘z nazoratiga olganidan so‘ng AQSh ko‘rsatmasiga muvofiq g‘arb banklari Afg‘onistonning chet eldagi aktivlarini muzlatib qo‘ygan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Yevropa ittifoqi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring