Afg‘onistonda yana portlash sodir bo‘ldi

Afg‘oniston janubidagi Gilmend viloyati Nad Ali tumanida bomba ortilgan mashinaning portlatishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Ulardan ikki nafari harbiy ekani aytilmoqda. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Gilmend hokimligi mutasaddisi Umar Zuvoqning aytishicha, bu mash’um voqea harbiylarga qarshi uyushtirilgan.
Portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi tan jarohati olgan.
Bu voqea yuzasidan javobgarlikni «Tolibon» jangarilari o‘z zimmasiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter