Angela Merkel: «Germaniya Eron bo‘yicha yadro kelishuvini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi»

«Germaniya Eron yadro kelishuvi bo‘yicha birgalikdagi harakatlar rejasini hurmat qiladi va uni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda mamlakat kansleri Angela Merkel ma’lum qilgan», — deya xabar qilmoqda «RIA Novosti».
«Eron bo‘yicha kelishuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, u mukammal emas, ammo boshqa variantlar ham barqaror emas, shu sababli biz ushbu kelishuvni quvvatlashda davom etamiz», — deya ma’lum qilgan Merkel Xitoy davlat kengashi boshlig‘i Li Ketsyan bilan o‘tkazilgan muzokara yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter