AQSh kompaniyasi koronavirus vaksinasi narxini oshkor etdi

Amerikaning Moderna kompaniyasi rahbari Stefan Bansel koronavirusga qarshi vaksina narxini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra har bir doza vaksina 25-37 dollar bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Welt am Sonntag nashri xabar berdi.
«Sog‘liqni saqlash tizimiga COVID-19 kasalligi qancha tushishini hisobga olsak, bu adolatli narx. Biz foyda ko‘rishni o‘ylayotganimiz yo‘q», - dedi Bansel.
U sotib olingan dori miqdoriga qarab narx o‘zgarishini aniqladi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, yil oxiriga qadar 20 million doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter