Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini jiddiy ogohlantirdi

AQSh Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini jiddiy ogohlantirdi

AQShning Moskvadagi elchixonasi Ukrainadagi urush tufayli Amerika fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi. Bu haqda diplomatik missiya saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

«Rossiya harbiy kuchlarining Ukrainaga kutilmagan to‘liq miqyosli bostirib kirishining ehtimoliy oqibatlari tufayli ushbu mamlakatga sayohat qilmang», — deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.

Elchixona, shuningdek, Rossiyada yashayotgan yoki bo‘lib turgan AQSh fuqarolarini uni «zudlik bilan tark etishga» chaqirdi.

AQSh diplomatik missiyasi, shuningdek, Rossiya hukumati Rossiya-Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarni «AQSh fuqaroligini tan olishni rad etishi», «ularning AQSh konsullik yordamidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasliklari, harbiy xizmatga safarbar qilishlari, Rossiyadan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymasliklari» mumkinligini ta’kidlaydi. 

Ularning qo‘shimcha qilishicha, diplomatlarning amerikaliklarga Rossiyani tark etishiga yordam berish imkoniyatlari juda cheklangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring