AQSh sobiq kontrrazvedka agentini Eronga josuslikda aybladi

Monika Uitt
Qo‘shma Shtatlarning sobiq kontrrazvedka agenti Monika Uitt sirtdan Eronga josuslik qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar bergan.
Uitt 2013 yilda Eronga qochib ketgan va go‘yoki o‘shandan beri Eronning tezkor xodimlariga uning sobiq hamkasblariga qarshi harakat qilishda yordam bergan. Bundan tashqari, u eronliklarga Pentagon dasturlaridan birining kodi nomi va maxfiy sirlarini ochib bergan, deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, amerikalik ayol bilan birga Eron fuqarolari ham ayblanmoqda.
«Monika Uitt Eron rejimiga yuqori darajadagi razvedka dasturini va AQSh razvedka xizmati zobitining shaxsini oshkor qilganlikda ayblanmoqda», – dedi Bosh prokurorning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Demers.
«Shuningdek, Erondan to‘rt nafar xaker AQSh razvedka hamjamiyati a’zolari, Uitt xonimning sobiq hamkasblariga qaratilgan turli xil kompyuter jinoyatlarida ayblanmoqda», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter