Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ukrainaga qo‘shin yubormaydi – Oq uy

AQSh Ukrainaga qo‘shin yubormaydi – Oq uy

Oq uy seshanba kuni Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qo‘shin kiritmasligini ma’lum qildi. Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborish imkoniyatini istisno qilmagan edi.

«Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga jang qilish uchun qo‘shin yubormasligini aniq aytdi», dedi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Adriyen Uotson.

Ikki hafta oldin AQSh Senati Ukrainaga harbiy yordamni ma’qulladi. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 60 milliard dollar ajratiladi. Ammo u hali ham Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak, uning spikeri respublikachi Mayk Jonson avvalroq uni ovozga qo‘yish niyatida emasligini aytgan edi.

Bayden Oq uyda yuqori martabali kongressmenlar bilan uchrashib, moliyalashtirish, jumladan, Ukrainaga yordam masalasini muhokama qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring