AQSh Ukrainaga qurol yetkazishni muzlatishi mumkin — WSJ

Kiyevga qurol sotishni moliyalashtirishni to‘xtatgan Donald Tramp ma’muriyati endi Amerika zaxiralaridan qurol yetkazishni muzlatish masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda The Wall Street xabar berdi.
Ushbu holat Ukrainaning jangovar harakatlar olib borish qobiliyatini xavf ostiga qo‘yadi, deb yozdi nashr.
Tramp ma’muriyatining xorijga yordamni muzlatish harakatlari doirasida so‘nggi haftalarda Ukrainani qurollantirishni moliyalashtirish to‘xtatilgan edi. Biroq Tramp va Zelenskiyning Oq uydagi uchrashuvidan so‘ng Kiyevni qurol bilan ta’minlovchi asosiy kanalning yopilishi tomon jiddiy qadam tashlandi, deyiladi WSJ xabarida.
Dushanba kuni Oq uyda belgilangan majlisda Ukrainaga harbiy ko‘mak ko‘rsatishni to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda The New York Times gazetasi ham xabar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter