Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda prezidentlikka yangi nomzod aniqlandi

AQShda prezidentlikka yangi nomzod aniqlandi

Kichik Robert Kennedi Yuta shtatida AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun imzo to‘pladi.

AQShda prezidentlikka yangi nomzod aniqlandi – kichik Robert Kennedi 2024 yilgi saylovlarda o‘z nomzodini ko‘rsatish uchun Yuta shtatida kerakli miqdordagi imzolarni to‘pladi. Bu haqda siyosatchining saytida xabar berilgan.

Kennedi barcha 50 shtatda saylov byulletenida ishtirok etish rejalarini e’lon qilishi kutilmoqda. U AQShning sobiq prezidenti Jon Kennedining jiyani.

2024 yilda AQSh aholisini prezidentlik saylovlari kutib turibdi – bu mamlakatning keyingi to‘rt yildagi taqdirini belgilab beradigan voqea.

Keyingi, 60-prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. Agar amaldagi davlat rahbari saylovda yutqazsa, AQShning 47-prezidenti hokimiyat tepasiga keladi.

Bir kun avval sobiq prezident Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan 2024 yilda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurash olib borishini ma’lum qilgan edi. Uning vakillari Federal saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Amaldagi demokrat prezident Jo Bayden 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini hali e’lon qilmagan, biroq Trampni mag‘lub etish imkoniyatiga ishonchi komil.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring