Prokuratura Trampga tegishli kompaniyani tergov qilmoqda

Nyu-York bosh prokuraturasi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Trump Organization kompaniyasi ustidan tergov boshladi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
«Biz Trump Organizationga ushbu tashkilot bo‘yicha ishimiz endi shunchaki oddiy fuqarolik tergovi emasligini ma’lum qildik. Hozir Manxetten okrugi prokuraturasi bilan birgalikda jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib bormoqdamiz», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari Nyu-Yorkning sobiq meri va Donald Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani xonadonida tekshiruv o‘tkazilgan. Juliani bu holatdan qattiq norozi bo‘lib, tergovni «nazoratsizlik» deya atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter