Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda vahshiy va bahaybat dinozavr skeleti sotuvga qo‘yildi

AQShda vahshiy va bahaybat dinozavr skeleti sotuvga qo‘yildi

Foto: «Metronews.ru»

«Yura davri parki» muxlislarida ajoyib xaridni amalga oshirish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi, deya xabar berdi «MIR 24» telekanali.

Nyu-Yorkdagi auksionga tirannozavrning eng katta skeletlaridan biri qo‘yiladi. U Sten deb atalib, 188 ta suyakdan iborat. Qizig‘i, dastlab paleontologlar yirtqich hayvonni o‘txo‘r dinozavr — tritseratops deb taxmin qilishgan. Biroq keyinchalik olimlar Yer yuzidagi eng bahaybat va vahshiy yirtqichlardan birining skeletini topishganini aniqlashgan.

«O‘ylaymizki, Sten 6-8 million dollarga sotiladi. Savdo 6-oktyabr kuni boshlanadi. Darvoqe, dinozavrlar savdosi bo‘yicha avvalgi rekordni yangilash uchun barcha imkoniyatlar bor! 1997-yilda Chikago muzeyi dinozavr skeletini qariyb sakkiz yarim million dollarga xarid qilgan», — deydi Jeyms Xislop.

Mutaxassislarning fikricha, tirannozavr Stenning og‘irligi sakkiz tonna bo‘lgan, tishlarining uzunligi 30 santimetrgacha yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring