Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh elchisi Rossiya TIVga chaqirildi va qattiq ogohlantirildi

AQSh elchisi Rossiya TIVga chaqirildi va qattiq ogohlantirildi

AQShning Rossiyadagi elchisi Lin Treysiga Rossiyada nomaqbul deb tan olingan Amerikaning uchta notijorat tashkilotiga har qanday yordamni to‘xtatish talab qilingan nota topshirildi. Bu haqda Rossiya TIV xabarida aytiladi.

Amerika diplomatik missiyasi rahbari payshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Unga AQShning uchta nodavlat notijorat tashkiloti Rossiya Federatsiyasida nomaqbul deb e’tirof etilgani haqida ma’lum qilindi. Bular — elchixona ko‘magida amalga oshirilayotgan «Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari», «Madaniy istiqbollar» va «Xalqaro ta’lim instituti».

«Elchiga ushbu notijorat tashkilotlari faoliyatiga har qanday yordamni to‘xtatish talabi bilan rasmiy nota topshirildi, agar bu davom etsa, Rossiya qonunchiligining buzilishi deb hisoblanadi. Shuningdek, diplomatik missiyaning rasmiy veb-saytidan va ijtimoiy tarmoqlaridan ularning materiallarini olib tashlash talab qilinadi», — deyiladi vazirlik xabarida.

ta’lim va madaniyat almashinuvi niqobi ostida «ta’sir agentlari»ni yollashga qaratilgan ruslarga qarshi dasturlar va loyihalar.

Tashqi ishlar vazirligi Treysini, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining ichki ishlariga aralashishga uringan Amerika elchixonasi xodimlarini «persona non grata» sifatida mamlakatdan chiqarib yuborish haqida ogohlantirgan.

«Rossiya Federatsiyasining ichki ishlariga aralashishga urinishlar, jumladan, saylovlar va maxsus harbiy operatsiya kontekstida qo‘poruvchilik harakatlari va dezinformatsiyalarni tarqatish qat’iy taqiqlanishi, bunday harakatlarda ishtirok etgan AQSh elchixonasi xodimlari «persona non grata» sifatida mamlakatdan chiqarib yuborishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi alohida ta’kidlandi», — deyiladi Rossiya diplomatik departamenti bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring