Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arab dunyosidagi birinchi AES ishga tushdi (video)

Arab dunyosidagi birinchi AES ishga tushdi (video)

Foto: «Twitter»

Birlashgan arab amirliklarida «Baraka» atom elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bugun, 1 avgust kuni xabar berdi.

«Baraka» — arab dunyosidagi ilk AES.

Amirliklar hukumati mamlakatni «toza energiyaning yangi turi» bilan ta’minlashga ahd qilgan. «Baraka» stansiyasini qurish esa Janubiy Koreyaning «Kepco» energetika konserniga ishonib topshirildi va naq 24,4 mlrd. dollar ajratildi.

Stansiyaning to‘rt bloki to‘liq ishga tushganidan so‘ng 5600 megavatt tok ishlab chiqariladi, bu mamlakat elektr energiyasiga ehtiyojining to‘rtdan birini qoplash uchun yetarli.

Abu-Dabi tinchlik maqsadlarida yadroviy dasturni amalga oshirayotgani haqida bir necha marta bayonot bergan, «Baraka» AESi qurilishini tekshirishga MAGATE va Butunjahon atom stansiyalaridan foydalanuvchi tashkilotlar uyushmasi mutaxassislariga ruxsat bergandi. Loyihaga qarshi chiqqan Qatar stansiya «mintaqa uchun xavf tug‘dirishini» ta’kidlagan.

Daxldor ma’lumot: Birlashgan arab amirliklari aniqlangan neft zaxiralari bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinda turadi, bu jihatdan «qora oltin» qazib olishda hozir dunyoda yetakchi hisoblanmish AQSh va Rossiyadan ham oldinda:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring