Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston prezidenti qasamyod qildi

Armaniston prezidenti qasamyod qildi

Vaagn Xachaturyan.

Foto: «Vesti»

Armanistonning 3-mart kuni saylangan prezidenti Vaagn Xachaturyan qasamyod qildi va lavozimini bajarishga kirishdi.

Xachaturyan yagona nomzod edi, birinchi turda g‘alaba qozonishi uchun 10 ovoz yetmadi, ikkinchi turda unga faqat yetakchi «Fuqarolik kelishuvi» fraksiyasi ovoz berdi. Saylovga boykot e’lon qilgan muxolifat vakillari inauguratsiya marosimiga kelishmadi.

Vaagn Xachaturyan 1959-yilning 22-aprel kuni tug‘ilgan. Nikola Pashinyan (bosh vazir)ning «odami» hisoblanadi. Sobiq prezident Armen Sarkisyan davlat rahbari (prezident — tahr.) mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir qila oladigan dastaklarga ega emas deya bayonot berib, iste’foga chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring