Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha mamlakatlarning yalpi davlat qarzi 100 trln dollardan oshadi — XVJ

Barcha mamlakatlarning yalpi davlat qarzi 100 trln dollardan oshadi — XVJ

Foto: Geo.tv

Barcha mamlakatlarning umumiy davlat qarzi 2024 yilda 100 trln dollardan oshishi kutilyapti, bu global YaIMning taxminan 93 foiziga teng. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) taqdim etgan yangi hisobotda shu haqda so‘z boradi.

Bu juda yuqori ko‘rsatkich va yaqin olti yil mobaynida o‘sishda davom etadi va 2030-yilda mamlakatlarning global davlat qarzi jahon YaIMning 100 foiziga yetadi, deyishmoqda XVJ ekspertlari.

XVJ hisobotiga ko‘ra, garchi mamlakatlarning uchdan ikki qismida qarz barqarorlashishi yoki kamayishi kutilayotgan bo‘lsada, baribir qarz yuki pandemiyaga qadar taxmin qilingandan ancha ko‘p.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring