Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden uning oilasi davlat ishlariga aralashmasligiga va’da berdi

Bayden uning oilasi davlat ishlariga aralashmasligiga va’da berdi

Foto: «People»

AQSh prezidenti Jo Bayden avvalgi davlat rahbaridan farqli o‘laroq uning oila a’zolaridan hech qaysisi davlat ishlariga yoki tashqi siyosatga jalb etilmasligiga va’da berdi.

«Biz Obama-Bayden ma’muriyati davridagi kabi yo‘l tutamiz. Oilamizdan yoki kengroq oila davrasidan hech kim hech qanday davlat ishlariga yoki tashqi siyosatga aralashmaydi. Va bu joyda hech kimga mansab tegmaydi», — dedi u «People» nashriga bergan intervyusida.

Sobiq prezident Donald Tramp davrida qizi Ivanka uning birinchi maslahatchisi, kuyovi Jared Kushner esa uning katta maslahatchisi bo‘lgan. Kuyovi Yaqin Sharq masalalari bilan shug‘ullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas