Bir haftada uchinchi vazir koronavirus qurboniga aylandi — Zimbabve
![Bir haftada uchinchi vazir koronavirus qurboniga aylandi — Zimbabve](http://static.xabar.uz/crop/4/1/720_460_95_4184077367.jpg)
Elen Gvaradzimbaning dafn marosimi.
Janubiy Afrikada joylashgan Zimbabve mamlakatining to‘rt nafar hukumat a’zosi koronavirus oqibatida vafot etdi.
«Rasmiy organlar Zimbabve transport va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Joel Matiza juma, 22 yanvar kuni COVID-19 oqibatida vafot etganini tasdiqladi», — deyiladi «Sinxua» agentligi xabarida.
15-yanvar kuni viloyat ishlari bo‘yicha vazir Elen Gvaradzimba, 20-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Sibusiso Moyo xuddi shu kasallikdan vafot etgandi.
Ayni paytga kelib Zimbabveda koronavirusga chalinganlar soni 30,5 ming nafardan oshgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni — 962 nafar, sog‘ayganlar — 21 ming nafardan ortiq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter