Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oydan beri do‘konlarni qiyratib yurgan shirinlikxo‘r o‘g‘ri qo‘lga olindi (video)

Bir oydan beri do‘konlarni qiyratib yurgan shirinlikxo‘r o‘g‘ri qo‘lga olindi (video)

Foto: «Policia.kz»

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida g‘alati o‘g‘ri paydo bo‘lgandi — shirinliklar kushandasi. «Polisia.kz» ana shu o‘g‘ri politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Shirinliklar Yesik shahridagi do‘konlardan o‘g‘irlangan.

Shahardagi to‘rtta do‘kondan politsiyaga arz kelib tushgandi. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning dekabr oyidan beri bu do‘konlarda bir necha marta konditer mahsulotlari yo‘qolib qolgan. O‘g‘irlangan konfet va shokoladlarning umumiy qiymati qariyb 40 ming tengega teng.

Politsiyachilarning tezkor-qidiruv operatsiyasi chog‘i gumondor qo‘lga olingan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, do‘konlardan bir oy davomida shirinliklar o‘g‘irlab kelingan. Bu qilmish uchun boshqa jazolar qatorida QR JK 188-moddasining 3-qismiga muvofiq ikki yildan yetti yilgacha qamalish mumkin.

Qo‘lga olingan shaxs 33 yoshda bo‘lib, ilgari jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Shirinliklarni esa qaytarishning iloji bo‘lmadi, chunki barchasi yeb tugatilgan ekan...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring