Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boeing samolyotidagi nuqsonlar haqida xabar bergan ikkinchi mutaxassis ham to‘satdan vafot etdi

Boeing samolyotidagi nuqsonlar haqida xabar bergan ikkinchi mutaxassis ham to‘satdan vafot etdi

Spirit AeroSystems kompaniyasining sobiq auditori Joshua Din birinchilardan bo‘lib 737 MAX laynerlaridagi nuqsonlar haqida rahbarlarini ogohlantirgan. U o‘tgan seshanba kuni to‘satdan vafot etdi.

Spirit AeroSystems kompaniyasi Boeing samolyotlari uchun asosiy komponentlarni yetkazib beradi. Kompaniya, xususan, Alaska Airlines aviakompaniyasining parvoz paytida eshigi uchib ketgan Boeing 737 MAX 9 fyuzelyaji (korpusi)ni ishlab chiqargan.

Dinning qarindoshlari Seattle Times gazetasiga ma’lum qilishicha, 45 yoshli erkakning o‘limiga kelib chiqishi noma’lum kasallik sabab bo‘lgan.

Ular Din kamdan-kam kasal bo‘lgani, sog‘lom turmush tarzini olib borganini aytishgan.

Uning xolasi Kerol Parsonsning jurnalistlarga aytishicha, o‘limidan oldin Joshua Din ikki haftaga yaqin og‘ir ahvolda bo‘lgan, biroq shifokorlar uni qutqara olmagan.

O‘shnda Din to‘satdan o‘zini yomon his qiladi va tezda kasalxonaga yotqiziladi, chunki u nafas ololmay qoladi.

Shifoxonada jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, nafas olishi uchun o‘pkaga trubka joylashtirildi. Bemorda pnevmoniya, keyin esa bakterial infeksiyasi paydo bo‘ldi. Unga kuchli sedativ dori berildi va dializ (qon quyish paytida qonni apparat bilan tozalash) qilindi. Foydasiz. Kompyuter tomografiyasi uning insultga uchraganini ko‘rsatdi, dedi onasi.

Ikki oy muqaddam samolyotdagi nuqsonlar haqida ma’lumot bergan yana bir mutaxassis, korporatsiyaga qarshi guvohlik bergan Jon Barnett ham fojiali tarzda vafot etgandi.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Barnett o‘z joniga qasd qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring