Bosniya va Gersegovinada saylov kuni ma’lum bo‘ldi

Bosniya va Gersegovina Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda umumiy saylov shu yil 7 oktyabr kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar tarqatdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Irena Hadziabdij bugun poytaxt Sarayevo shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakatda prezident va deputatlar saylovi shu yil 7 oktyabr, yakshanba kuni o‘tkazilishini e’lon qildi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda ovoz berish huquqiga ega 3 million 381 ming 963 saylovchi bor.
Bosniya va Gersegovinada saylov 4 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter