Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brakonerlar beixtiyor olimlarga pangolinning yangi turini «taqdim» qilishdi.

Brakonerlar  beixtiyor olimlarga pangolinning yangi turini «taqdim» qilishdi.

© wikipedia Filippin ona va bola pangolini

Xitoylik olimlar pangolinning yangi, to‘qqizinchi turini – chumolilar uyalari va termit tepaliklarini vayron qiluvchi, chumolixo‘rlar va armadillolarga o‘xshash tungi yirtqichni kashf qildilar. Chumolixo‘rga o‘xshash, ammo unga  bog‘liq bo‘lmagan bu hayvonning topilishi brakonerlarga «rahmat» keltirdi, deb xabar bermoqda naked-science.ru nashri.

E’lon  qilingan tadqiqotga ko‘ra, Yunnan provinsiyasida ovchilar tutgan pangolin  yangi tur hisoblansada, yo‘q bo‘lib ketish xavfi bor. Ular yangi turga Manis mysteria deb taxminiy nom berishdi va uning sirli tabiatiga ishora qilishdi. U besh million yil avval Filippin va Malayya pangolinlari turlaridan ajralib chiqqanligini aniqladilar.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ularning kashfiyoti nafaqat pangolinning yangi turi bilan tanishish, balki barcha turlarni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qolish imkonini beradi: ular go‘shti uchun ovlanadi, bu Osiyoda nozik taom hisoblanadi, shu bois uni ta’qib qiluvchilar ko‘p.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring