Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyaga dushman davlatlar nomlari tilga olindi

Britaniyaga dushman davlatlar nomlari tilga olindi

Demian Haynds.

Foto: RBK

Buyuk Britaniya xavfsizlik masalalari bo‘yicha davlat vaziri Demian Haynds Rossiya, Xitoy va Eronni, ularning razvedka va kiberhujumlar borasidagi imkoniyatlaridan kelib chiqib, Birlashgan Qirollikka nisbatan dushman kayfiyatidagi mamlakatlar deb atadi. Bu haqda «The Telegraph» xabar berdi.

«Men tilga olgan uch mamlakat jismoniy inson salohiyatiga ega, kibermakonda katta o‘rin tutadi, ular o‘z kuchlarini istalgan ko‘lamda joylashtira oladi», — ta’kidladi vazir.

Moskva, Pekin va Tehronning dushmanona faolligi, yolg‘on ma’lumot tarqatish kampaniyalaridan tashqari, kutish tartibidagi ko‘plab josuslar va askarlar mavjudligida aksini topadi, qo‘shimcha qildi Haynds.

Britan vaziri to‘rtinchi dushman mamlakat sifatida KXDR (Shimoliy Koreya)ni tilga olgan.

Vazir bu davlatlardan kutilayotgan xatarlarga qarshi kurashish uchun chet el josuslari to‘g‘risidagi qonunni yangilash kerak degan fikrda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring