Britaniya qirolichasi vafoti haqida xabarlar tarqaldi

Yelizaveta II
Istagramdagi rasmiy belgiga ega «hollywoodunlocked» nashri qirolicha Yelizaveta II vafot etgani haqida xabar tarqatdi.
«Politico xabariga ko‘ra, mamlakatdagi oliy martabali amaldorlar, vazirlar o‘lim haqida allaqachon xabar topgan. Qirolichaning shaxsiy kotibi Edvard Yang rasmiy bayonot tayyorlamoqda. Tez orada xalqaro jamoatchilikka o‘lim haqida xabar berilib, mamlakatda motam e’lon qilinadi», ̶ deb yozadi nashr.
Shunga qaramasdan, mamlakatning nufuzli OAVlari qirolicha vafoti haqida hech qanday xabar tarqatmagan. «Newsweek»ga ko‘ra esa, bu xabarlar yolg‘on.
Bundan avvalroq Yelizaveta II koronavirus bilan og‘riyotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yelizaveta II 1952 yil fevral oyidan boshlab 70 yil davomida taxtni boshqarib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, agar qirolicha vafot etsa yoki taxtdan voz kechsa, o‘rniga uning to‘ng‘ich farzandi — 74 yoshli shaxzoda Charlz o‘tiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter