Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari koronavirusni yuqtirib oldi

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirining bemorlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nadin Dorris koronavirusni yuqtirib olganini ma’lum qildi.
«Tahlil natijalariga ko‘ra menda koronavirus aniqlanganini tasdiqlayman. Bu haqda meni xabardor qilishgan zahoti barcha zarur choralarni ko‘rib, uyimdan chiqmay o‘tiribman», — deydi Dorris. U Britaniya parlament a’zolaridan birinchi bo‘lib koronavirusni yuqtirdi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Angliya jamoat salomatligini saqlash boshqarmasi uning aloqalarini batafsil o‘rganishga kirishgan.
Dorris Jamoat salomatligini saqlash boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash milliy xizmatiga «yordam va maslahatlari» uchun minnatdorchilik bildirgan.
Britaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Dorris o‘tgan payshanba kuni Britaniya bosh vaziri qarorgohida qabulda ishtirok etgan, keyingi kuni o‘zini yomon his qila boshlagan.
«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusni yuqtirganlar soni bir kecha-kunduzda 54 kishiga ko‘payib, 373 nafarga yetgan. Jami olti kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter