Britaniya tarixidagi eng katta kalamush tutildi

Buyuk Britaniyada mamlakat tarixidagi eng katta kalamush qo‘lga olindi, deb xabar berdi Telegraph. Kemiruvchining uzunligi — tumshug‘idan dumining uchigacha 55,88 santimetr.
Mushuk kattaligidagi kemiruvchini dezinsektorlar Shimoliy Yorkshirdagi Normanbi tumanida, oddiy turarjoy binosida tutishdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hayvon kanalizatsiya kalamushlari toifasiga mansub bo‘lishi va qandaydir yo‘lini topib, ichkariga kirgan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy aholi bu yagona holat emasligi, hududda kemiruvchilar bilan bog‘liq vaziyat nazoratdan chiqib ketayotganidan shikoyat qilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda kalamushlar soni 250 millionga yaqin bo‘lishi mumkin, ularning aksariyati xavfli infeksiyalarni tashiydi.
Qiziqqanlar uchun: kalamushlarning kamida 64 turi bor, shunga qarab, uzunligi 8 santimetrdan 30 santimetrgacha, og‘irligi 37-39 grammdan 500 grammgacha bo‘ladi. Ingliz kalamushi — anomaliya!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter