Chexiya prezidenti katta siyosat bilan xayrlashmoqda
Chexiya prezidenti Milosh Zeman Ustetskiy o‘lkasiga tashrifi chog‘i siyosiy faoliyatini yakunlashi haqida bayonot berdi. Bu haqda Seznam Zprávy portali xabar berdi.
«Bu mening xayrlashuv tashrifim. O‘tgan hafta Bratislavadagi Vishegrad guruhi prezidentlari bilan xayrlashgandim. Bir necha oydan so‘ng mening 32 yillik siyosiy faoliyatim o‘z nihoyasiga yetadi. Men bu yerda ekanligimdan baxtiyorman», — dedi Zeman nutqida.
Ma’lumot uchun: amaldagi davlat rahbari 78 yoshli Milosh Zemanning besh yillik prezidentlik muddati 2023-yilning martida nihoyasiga yetadi va u saylovda boshqa qatnasha olmaydi. 20 ga yaqin nomzod bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida kuch sinashish istagida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter