Harris — Demokratlar partiyasidan prezidentlikka rasman nomzod
Rasmiy ovoz berish yakunlariga ko‘ra, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda Demokratlar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod etib tasdiqlandi, deb xabar berdi CNN.
AQShda prezidentlik saylovi 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jo Bayden 21-iyul kuni saylovoldi kurashidan chiqqanini e’lon qilganidan so‘ng, vitse-prezident Kamala Harris Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘ldi.
Avvalroq mustaqil nomzod Robert Kennedi Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter