Donald Tramp nega aeroportga shoshildi?

AQSh tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeoning Shimoliy Koreyaga tashrifi asnosida 3 nafar amerikalik mahbus ozod etilgan edi. Ozodlikka chiqarilgan mahbuslar bugun Amerikaga yetib kelishdi. Ularni Tramp oilasi aeroportda tantanali kutib oldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
AQSh prezidenti rafiqasi bilan hamda vitse-prezident Mayk Pens va boshqa mutasaddilar Kim Dong Chul, Kim Hak Song va Toni Kimni «Joint Base Andrew» aeroportida kutib olishdi.
Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, AQSh fuqarolari «Walter Reed» milliy harbiy tibbiyot markazida tekshiruvdan o‘tishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter