Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo bo‘ylab 28 yil: britaniyalik Karl Bushbi nihoyat uyiga qaytdi

Dunyo bo‘ylab 28 yil: britaniyalik Karl Bushbi nihoyat uyiga qaytdi

Foto: Anadolu Agency

Britaniyalik Karl Bushbi dunyo bo‘ylab 28 yillik sayohatdan so‘ng nihoyat vataniga qaytdi. Hayratlanarlisi, u 50 ming kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tdi.

Sobiq desantchi 1998-yilda Chilidan safarga otlangan va o‘z maqsadiga 12 yilda erishishni ko‘zlagan edi. Uning yo‘nalishi Janubiy Amerikadan AQShgacha, keyin Alyaska orqali Rossiyaga o‘tish, so‘ngra Yevropani yayov kezib, La-Mansh bo‘g‘ozi orqali ona shahri Hallga yetib borishni ko‘zda tutgan edi.

Qiziq tomoni, u 2006-yilda Bering bo‘g‘ozi muzliklari orqali Rossiyaga kirib kelganida chegarachilar tomonidan ushlangan. Sud Bushbini deportatsiya qilish va besh yilgacha mamlakat hududiga kirishini taqiqlamoqchi bo‘lgan. Ammo ishga Chukotka gubernatori, milliarder Roman Abramovich aralashib, deportatsiya jazosi 2 ming rubl jarima bilan almashtirilgan.

Karl Bushbi hozir Angliyada bo‘lib, yana 400 kilometr yo‘l bossa, Hall shahriga yetib boradi. U shu yilning noyabr oyida uyida bo‘lishni umid qilmoqda.

Buyuk sayohatchi hozir 57 yoshda, Chilidan safarga otlanganida 29 yoshda edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring