Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy odami almashdi

Dunyoning eng boy odami almashdi

Foto: «CNBC»

«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalarining rahbari, ishbilarmon Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda 7-yanvar kuni CNBC telekanali xabar berdi.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, Mask ushbu reytingda «Amazon» kompaniyasi boshlig‘i Jeff Bezosdan o‘tib ketdi.

Qayd etilishicha, Ilon Maskning boyligi qimmatli qog‘ozlar savdosida «Tesla» aksiyalari bahosining o‘sishi tufayli 188 milliard dollarga yetgan. Bu Bezosning mol-mulkidan 1 milliard dollarga ko‘p degani.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring