Ekvador prezidenti Assanj nega siyosiy boshpanadan mahrum etilganini aytdi

«WikiLeaks» asoschisi Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasidan «josuslik markazi» sifatida foydalanishga uringan. Ekvador prezidenti Lenin Moreno «The Guardian» nashriga bergan intervyusida shunday dedi.

Prezidentning aytishicha, Assanj chetdan bosim o‘tkazish natijasida siyosiy boshpanadan mahrum etilmadi. Qolaversa, «WikiLeaks» asoschisi bilan sodir bo‘lgan voqea bevosita Ekvador qarzini uzish uchun amerikaliklar bilan tuzgani bitim hosilasi degan gap-so‘zlarni ham davlat rahbari inkor etdi.
Ekvador prezidenti Buyuk Britaniyadan Assanjning huquqlari ta’minlanishi to‘g‘risida kafolat xati olganini ta’kidladi. Assanj uni o‘lim jazosi kutayotgan mamlakatga yuborilmaydi — Lenin Morenoning bunga ishonchi komil.
Moreno, shuningdek, Assanj boshqa mamlakatlarning demokratiyasiga aralashishda elchixonadan foydalanganini qoraladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter