Endi toqqa temir otda chiqish mumkin

Yaponiyalik muhandislar transportning noyob turi – robot-otni yaratdilar va u ko‘rgazmada namoyish etildi.
Robot-motorli ot elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 150 kubometrli vodorodli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, uning to‘rt oyog‘i orqali boshqariladi, ya’ni quvvatlantiradi, deb xabar beradi «habr.com» nashri.
Chavandoz sun’iy intellektga ega bort kompyuteri yordamida otni boshqaradi. Sun’iy intellekt inson muvozanati va xavfsizligini ta’minlash uchun kosmosdagi holatni tahlil qiladi.
Mo‘’jizaviy otning «tuyoqlari» turli sirtlarga, ya’ni baland-pastlik, o‘nqir-cho‘nqirlarga moslashadi. Ko‘rsatkichlar paneli vodorod darajasi va marshrut haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Ot kechasi ham bemalol tog‘ma-tog‘ yura oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter