Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng boy odam bir kunda 15 milliard dollar yo‘qotdi

Eng boy odam bir kunda 15 milliard dollar yo‘qotdi

Foto: «REUTERS / Mike Blake»

Bloomberg agentligi tomonidan hisoblab boriladigan Bloomberg Billionaires Index (BBI) savdo va indeks ma’lumotlariga ko‘ra, SpaceX va Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi Tesla aksiyalari bahosining pasayishi tufayli so‘nggi bir kecha-kunduzda 15 milliard dollarga kamaydi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, Maskning boyligi 15,2 milliard dollarga kamayib, 183 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi esa 3,73 milliardga kamayib, 186 milliard dollarni tashkil etmoqda. Shu tariqa, Bezos dunyoning eng boy odamlari reytingida yana birinchi pog‘onadan joy oldi, Mask esa ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

Dushanba kuni Tesla aksiyalari 8,55 foizga arzonlashib, 714,5 dollarni tashkil qildi. Pasayish 2020-yil sentyabr oyidan beri eng quyi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Amazon aksiyalari 2,13% ga arzonlashib, 3 180,74 dollarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring