Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Isroil rahbari bilan gaplashib oldi

Erdo‘g‘on Isroil rahbari bilan gaplashib oldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Yair Lapid bilan telefon orqali muloqot qildi.

Xabar berilishicha, telefon muloqoti Isroil tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Yair Lapid Qurbon hayiti munosabati bilan prezident Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qildi.

Telefon muloqoti chog‘ida Turkiya va Isroil yetakchilari o‘zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qildilar.

Turkiya prezidenti Yair Lapidni bosh vazir lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi.

Turkiya rahbari Isroil hukumati Falastin yerlarida yahudiy aholi punktlarini kengaytirishdan voz kechib, Al-Aqso masjidining status-kvosini saqlab qolishiga umid bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring