Erdo‘g‘on safari davomida inglizlarga nimani taklif qildi?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turibdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
«Turk-ingliz shirinso‘z forumi»da so‘z olgan Turkiya yetakchisi faqat tovar va xizmat ko‘rsatish sohasida emas, balki qo‘shimcha qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ham ishlab chiqarishni taklif qildi.
«Turizm sohasida ikki davlat – Turkiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida anchadan beri turg‘unlik kuzatilayotgan edi. Shukurki, bu yil turizm ancha jonlanib qoldi. Har yili Turkiyaga 40 million nafar sayyoh keladi. Ular orasida angliyaliklarni ham ko‘rishni istayman», – degan Erdo‘g‘on.
Erdo‘g‘on tashrif davomida Buyuk Britaniya bosh vaziri hamda qirolicha Yelizaveta II bilan ham ko‘rishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter