Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron oliy rahbarining sahifalari bloklandi

Eron oliy rahbarining sahifalari bloklandi

Meta kompaniyasi Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning Facebook  va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini blokladi.

Kompaniya buni Oliy rahbarning keskin bayonotlari va sayt qoidalariga rioya qilmagani  bilan izohladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

«Instagram va Facebook Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntlarini Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan mojarolar fonida o‘chirib tashladi», — deyiladi xabarda.

Xomanaiy ijtimoiy tarmoqlarida Falastinning XAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlovchi xabarlar va Isroilga qarshi bayonotlar yozganligi xabar qilingan.

Qayd etilishicha, Meta siyosati tashkilotlar yoki shaxslarga zo‘ravonlik chaqiriqlarini chop etishga ruxsat bermaydi. Taqiq Qo‘shma Shtatlar hukumati tomonidan terrorchi deb e’lon qilingan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlagan har bir kishiga ham tegishli, deb ta’kidlanadi CNN xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring