Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron Sulaymoniyning o‘limiga javoban AQShdan qasos olishning 13 ta ssenariysini hozirlab qo‘ydi

Eron Sulaymoniyning o‘limiga javoban AQShdan qasos olishning 13 ta ssenariysini hozirlab qo‘ydi

Foto: «Nv.ua»

Eron oliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxoniy Iroqda general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga javoban Eronda AQShdan qasos olishning 13 ta ssenariysi borligini ma’lum qildi, deya xabar berdi «Fars» agentligi.

Shamxoniyning so‘zlariga ko‘ra, Eron Sulaymoniyning o‘limiga javoban 13 ta ssenariyni tayyorlab qo‘ydi. «Ulardan eng kichigi Amerika uchun tungi dahshatga aylanadi».

3-yanvar kuni kechasi AQSh Bag‘dod xalqaro aeroporti hududida Sulaymoniy va Iroqdagi shialar qo‘mondoni Abu Mahdi Muhandisga qarshi operatsiyani amalga oshiradi. Ular 2019-yil 31-dekabr kuni Bog‘dodda Amerika elchixonasiga hujumni tashkil etishga aloqador, deb hisoblaydi Vashington.

Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Sulaymoniyning o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga hujum uyushtiriladigan bo‘lsa, Eronning 52 ta joyiga «tez va kuchli zarba» berishga va’da berdi. Jahon hamjamiyati AQSh va Eronni og‘ir-bosiq bo‘lishga chaqirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring