Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniya — prezidentlik va bosh vazirlik ayollar qo‘liga o‘tgan dunyodagi yagona davlatga aylandi

Estoniya — prezidentlik va bosh vazirlik ayollar qo‘liga o‘tgan dunyodagi yagona davlatga aylandi

Kaya Kallas — Estoniyaning yangi bosh vaziri.

Foto: EPA/UPG

Estoniyada korrupsion mojarodan so‘ng hukumat o‘zgardi — bosh vazirlikka Islohotlar partiyasi yetakchisi Kaya Kallas keldi. Shu tarzda Estoniya prezidentlik va bosh vazirlik ayollar qo‘liga o‘tgan dunyodagi yagona davlatga aylandi.

Kaya Kallas — Estoniya tarixida bosh vazir bo‘lgan ilk ayol kishi.

Kersti Kalyulayd 2016-yili prezidentlikka saylangan ilk ayol kishi bo‘lgandi.

Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd. Foto: «Womo.ua»

Endigi shakllangan yangi hukumat tarkibiga Kallas bilan birga yana olti ayol kishi kirib keldiki, bunaqasi ham Estoniyada tarixida kuzatilmagan.

Kaya Kallas haqida

Kaya Kallas — Yevropa parlamenti sobiq deputati, Yevropa uchun liberallar va demokratlar alyansi tarkibida faoliyat yuritgan. Kaya Kallas — Islohotlar partiyasi asoschilaridan biri, Estoniya sobiq bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri, moliya vaziri hamda Yevrokomissiya sobiq a’zosi Siyma Kallasning qizi.

Kallasning mutaxassisligi — yurist, 1995-yili, 18 yoshida «Tark Grunte Sutkiene» byurosida amaliyot o‘tagan.

1996-1997-yillarda Vanemuyne teatri direktorining maslahatchisi bo‘lgan. Kaya 2006-yili tuzilgan «Ska Faktor» musiqiy guruhi qo‘shiqlari matnini yozish bilan ham shug‘ullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring