Estoniya — prezidentlik va bosh vazirlik ayollar qo‘liga o‘tgan dunyodagi yagona davlatga aylandi
Estoniyada korrupsion mojarodan so‘ng hukumat o‘zgardi — bosh vazirlikka Islohotlar partiyasi yetakchisi Kaya Kallas keldi. Shu tarzda Estoniya prezidentlik va bosh vazirlik ayollar qo‘liga o‘tgan dunyodagi yagona davlatga aylandi.
Kaya Kallas — Estoniya tarixida bosh vazir bo‘lgan ilk ayol kishi.
Kersti Kalyulayd 2016-yili prezidentlikka saylangan ilk ayol kishi bo‘lgandi.
Endigi shakllangan yangi hukumat tarkibiga Kallas bilan birga yana olti ayol kishi kirib keldiki, bunaqasi ham Estoniyada tarixida kuzatilmagan.
Kaya Kallas haqida
Kaya Kallas — Yevropa parlamenti sobiq deputati, Yevropa uchun liberallar va demokratlar alyansi tarkibida faoliyat yuritgan. Kaya Kallas — Islohotlar partiyasi asoschilaridan biri, Estoniya sobiq bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri, moliya vaziri hamda Yevrokomissiya sobiq a’zosi Siyma Kallasning qizi.
Kallasning mutaxassisligi — yurist, 1995-yili, 18 yoshida «Tark Grunte Sutkiene» byurosida amaliyot o‘tagan.
1996-1997-yillarda Vanemuyne teatri direktorining maslahatchisi bo‘lgan. Kaya 2006-yili tuzilgan «Ska Faktor» musiqiy guruhi qo‘shiqlari matnini yozish bilan ham shug‘ullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter