Yevropa ittifoqi bir martalik idishlarni taqiqladi

Bugun, 21-may kuni Yevropa ittifoqi kengashi bir martalik plastik buyumlarning ayrim turlarini cheklash bo‘yicha qarorga keldi. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, atrof-muhitni eng ko‘p ifloslantirayotgan mahsulotlar va idishlarning o‘nta turiga nisbatan qattiq choralar qo‘llanadi. Muqobil variantlari bor bir martalik plastik buyumlardan foydalanish man etiladi. Bu xildagi plastik buyumlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha muayyan choralar joriy etilmoqda.
Jumladan, 2021-yildan boshlab bir martalik plastik likopchalar, qoshiq va sanchqilar, somonchalar, gigiyena tayoqchalari butunlay taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter