Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 3 yilga uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 3 yilga uzaytirdi

Foto: Korrespondent

Yevropa Ittifoqi elchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uch yilga uzaytirishga kelishib oldilar, deb xabar berdi Reuters agentligi Yevropa diplomatlariga tayanib.

Ilgari cheklovlar har olti oyda uzaytirilar edi. Uch yillik uzaytirishni tasdiqlash uchun barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining roziligi talab qilinadi.

Elchilar 3000 nafar jismoniy va yuridik shaxsga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga, ammo USM Holding asoschisi Alisher Usmonov va Alfa Group asoschisi Mixail Fridmanni ro‘yxatdan chiqarishga kelishib oldilar.

Fransiya, Lyuksemburg va Slovakiya Alisher Usmonov va Mixail Fridmanga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni taklif qilishdi. Keyinchalik, Financial Times nashrining xabar berishicha, Xorvatiya va Italiya Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring