Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippin prezidenti Duterte — vitse-prezidentlikka nomzod

Filippin prezidenti Duterte — vitse-prezidentlikka nomzod

Foto: «Hromadske.ua»

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 2022-yilning 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda vitse-prezidentlik uchun kurashadi. Bu haqda GMA portali Prezidentning jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi kotibi Martin Andanarga asoslanib xabar tarqatdi.

«Prezident dushanba kuni o‘z nomzodini vitse-prezidentlikka taqdim etish uchun qaytadi», — dedi Andanar saylov komissiyasi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Saylov komissiyasi nomzodlarni 15-noyabrgacha almashtirishga ruxat bergan.

Ilgariroq vitse-prezidentlikka Rodrigo Dutertening qizi — Sara Duterte-Karpio nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.

Oktyabr oyida Duterte katta siyosatdan ketishini, mamlakat vitse-prezidenti lavozimi uchun kurashmasligini aytgandi. Konstitutsiyaga  muvofiq, Rodrigo Duterte mamlakat prezidentligi uchun navbatdagi saylovda o‘z nomzodini ilgari sura olmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring