Fransiya va Buyuk Britaniya yadro quroli bo‘yicha kelishuvga erishdi

Fransiya va Buyuk Britaniya yadroviy tiyib turish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron farmonni imzoladilar. Unga ko‘ra har ikki davlatning yadroviy to‘xtatuvchi kuchlari mustaqil, biroq bir-biri bilan muvofiqlashtirilishi mumkin. Bu haqda janob Starmer qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Bugun ertalab biz mustaqil yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarimizni muvofiqlashtirishimizni tasdiqlovchi deklaratsiyani birinchi marta imzoladik", dedi Britaniya bosh vaziri.
Mazkur jarayon Reutersʼning Youtube kanalida namoyish etildi. Hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga favqulodda xavf tug‘ilgan taqdirda London va Parij birgalikda yadro qurolidan foydalanadi.
Bir kun avval Britaniya hukumati o‘zining rasmiy saytida shartnoma imzolanishi haqida xabar bergan edi. Matbuot xabarida ta’kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasida yadroviy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik chuqurlashadi, bu esa yadroviy qurollarni tarqatmaslik xalqaro rejimini birgalikda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter