Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada prezident saylovi: g‘olib ikkinchi turda aniqlanishi mumkin

Fransiyada prezident saylovi: g‘olib ikkinchi turda aniqlanishi mumkin

Foto: BBC

Bugun, 10-aprel sanasida Fransiyada mamlakat prezidentligi uchun saylov o‘tkazilishi haqida xabar bergandik.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, amaldagi prezident — Emmanuel Makron va «Milliy birdamlik» partiyasi nomzodi, parlament deputati  Marin Le Pen saylovda teng natijalar ko‘rsatmoqda. Saylov uchastkalaridan to‘plangan exit-poll natijalariga ko‘ra, Makron va Le Pen 24 foizdan ovoz to‘plashi kutilyapti.

«Bo‘ysunmas Fransiya» o‘ta so‘l partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon 19 foiz natija bilan raqiblarini ta’qib etmoqda.

So‘rovnoma ma’lumotlari rost chiqsa, Fransiya ikkinchi tur prezidentlik saylovini o‘tkazadi.

To‘ldirilgan xabar: so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Makron va Le Pen Fransiyadagi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichiga o‘tgan. Makron — 28,5 foiz, Le Pen — 24,2 foiz ovoz to‘plagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring