Germaniyada avtomobil maktab o‘quvchilarini bosib ketdi: haydovchi ataylab qilgani aytilmoqda

Germaniyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mashina urib ketdi. 30 yoshli haydovchi buni ataylab qilgani aytilmoqda. U ruhiy kasallar klinikasiga joylashtirilgan, deb xabar berdi dushanba kuni Bild nashri.
Hodisa 29 oktyabr, juma kuni Gessen federal yerida sodir bo‘lgan. 30 yoshli erkak avtomobilda ko‘chada ketayotgan maktab o‘quvchilarini bosib ketgan, 8 yoshli qizcha halok bo‘ldi, 7 va 8 yoshli yana ikki bola og‘ir jarohat olishgan. Shanba kuni haydovchi klinikaga yotqizilgan.
«Juma kuni Shimoliy Gessenda bolalarni urib yuborgan haydovchi, aftidan, buni ataylab qilgan. Dushanba kuni ma’lum bo‘lishicha, Kassel prokuraturasi qotillik bo‘yicha tergov ochgan», — deya ma’lum qildi tabloid.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter